Xususiy tibbiyot muassasalari kimlarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatdi?

21.11.2018, 11:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2049

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan aholi toifalarini yana bir karra eslatdi.

Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan quyidagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

  • o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
  • I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
  • muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
  • ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
  • 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • 1941–1945 yillardagi urush davrida front ortida mehnat qilganlar.

O’zА

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova