“Kasbim faxrim mening” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

19.11.2018, 18:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 9587

Talabalik insonning mustaqil hayotga qo‘ygan ilk qadamidir. Bu davrda mustaqil hayotga bo‘lgan qiziquvchanlik hamda soddadillik uyg‘unlashuvi umrning yangi bir qiziqarli bosqichini hosil qiladi.

2018-yil 17-noyabr kuni soat 16-00 da Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida sanoat farmatsiya va farmatsiya fakulteti talabalari ishtirokida “Kasbim faxrim mening mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

     

Ushbu tadbir instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar o‘rtasida “Kasbim faxrim mening” mavzusida tashkil etildi.

Tadbirda talabalar tomonidan turli xil sahna ko‘rinishlari kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

    

     

     

Shuningdek institutning talabalar turar joyida 3 ta “Eng tartibli va ozoda xona”, “Eng zamonaviy xona”, “Eng ahil va hamjihat talabalar” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi. Ushbu tanlov g‘oliblariga institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiev tomonidan Fahriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan bir qatorda institut talabalar turar joyida jamoat ishlarida faol qatnashgan 20 dan ortiq talabalar ham fahriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda bu talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar yuborildi.

     

Tadbir so‘ngida talabalar uchun dasturxon tashkil etildi va osh tarqatildi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova