Axborot Resurs Markazida pedagog-o‘qituvchilar, talabalar  hamda axborot resurs markazi xodimlari hamkorligida “Kitob va men” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

17.11.2018, 14:42 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 4348

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentabrdagi   «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil  21 sentabrdagi 799-son buyrug‘i bilan  tasdiqlangan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi huzuridagi  “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”  faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi “Nazorat rejasi”ning 13-bandi  ijrosini ta’minlash maqsadida 16.11.2018 da Farmasevtika instituti ARMda pedagog-o‘qituvchilar, talabalar  hamda ARM xodimlari hamkorligida “Kitob va men” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda badiiy adabiyotning inson ma’naviy, ijtimoiy hayotidagi o‘rni va ta’siri to‘g‘risida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva ochib berdi. Undan so‘ng tillar kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.Z. Umarova talabalarga kitoblarni inson ma’naviyati va tafakkurida tutgan o‘rni, mutaffakir va yozuvchilarning ta’sirli o‘gitlari va ijodlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida ARM bo‘limi xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri B Sotvoldieva, kutubxonachi D.Abdullaevalar ham kitobxonlikka targ‘ib etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, badiiy adabiyotga oid qiziqarli faktlar asosida ma’ruza qildilar.

Tadbirda institutning qayta tayyorlov yo‘nalishi talabasi M. Mirqosimova atoqli adib Ch. Aytmatovning “Birinchi muallim” asari va uning mazmuni haqida ma’ruza qilib, talabalarga ushbu asarni mutolaa qilishni tavsiya qildi. Tadbir talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.