Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti 5-kurs talabalari o‘rtasida ochiq muloqot  o‘tkazildi.

17.11.2018, 11:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2243

2018 yil 16 noyabr kuni soat 13-00 da   institutning katta faollar zalida institut rahbariyati boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu majlisda farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxammedov va dekan muovini J.O‘.Jalilov, professor-o‘qituvchilar hamda farmatsiya fakultetining 5-kurs talabalari ishtirok etdi. Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat dasturida ko‘zda tutilgan masalalar, shuningdek institutning ichki tartib qoidalariga amal qilish, o‘quv jarayoni, mutaxassis kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish va boshqa turli masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

     

     

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo‘limi boshlig‘i  N.X.Ashurova