Britaniya Kengashining London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikdagi “Big Idea Challenge” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

16.11.2018, 13:15 Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 1974

OO’MTV ning 2018 yil 25 sentyabrdagi 87-02-2646-sonli xati asosida Britaniya Kengashi London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovatsion g’oyalarini qo’llab-quvvatlash hamda talabalarning tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida “Big Idea Challenge” ko’rik-tanlovi e’lon qilganligi haqida ma’lum qilingan edi. Shu munosabat bilan, Toshkent farmatsevtika institutida 15 noyabr soat 14.00da mazkur treningda institutning 40 nafar talabasi va Halqaro aloqalar bo’limi xodimlari, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi ishtirok etishdi. Tanlov talabalarga qo’shma loyihalarda ishtirok etish va innovatsiya hamda tadbirkorlikni rivojlantirishning eng yaxshi xalqaro tajribasi bilan tanishish imkoniyatini berdi. Loyiha Britaniya Kengashining “Professional faoliyat uchun ingliz tili” loyihasi bilan birlashtirildi. ” Big Idea Challenge ” tanlovi ingliz tilida o’tkazildi va talabalar innovatsion va tadbirkorlik nuqtai nazaridan ingliz tilini o’rganish uchun yana bir imkoniyatga ega bo’lishdi. Ro’yxatda tanlangan guruhlar 2019 yil 20-fevralda London Metropoliten universiteti va tadbirkorlik bo’yicha mutaxassislarning ishtirokida bo’lib o’tadigan 8 soatlik seminar-treningga taklif etiladi. Trening uchun tanlangan g’oliblar ishtirokchilar tomonidan sertifikatlar oladilar. Hakamlar tomonidan tanlab olinadigan asosiy g’olib, 2019 yil 9 may kuni Londonda bo’lib o’tadigan mukofot marosimida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi va 2019 yil iyul oyida Londondagi Metropolitan Universitetida haftalik Launch Pad tadbirida ishtirok etadi.

     

     

     

Xalqaro aloqalar bo’limi