Ochiq muloqot tashkil qilindi.

16.11.2018, 11:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1948

2018 yil 15 noyabr soat: 15-00 da institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev farmatsiya fakulteti 4 kurs talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalarini talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil qilindi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat dasturida ko‘zda tutilgan masalalar, Yoshlar siyosatida belgilangan vazifalarning ijrosi xususida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi.      Tadbirda jami 200 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

 

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova