DVS va SM kafedrasi professor-o‘qituvchilari  “Sertifikatsiya va standartizatsiya” fanlaridan mashg‘ulotlarni “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ da olib borishmoqda.

16.11.2018, 11:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2116

Dars davomida Farmatsiya fakulteti farmasevtika ishi yo‘nalishi 505 A  guruh talabalari dori vositalarini tahlilida qo‘llaniluvchi zamonaviy asbob uskunalar, ularni standartlash, kalibrlash va qo‘llanilishi haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Dars davomida talabalar keltirilgan farmakopeya maqolasi bo‘yicha dori moddalarining sifat va miqdoriy tahlil usullarini olib borishdi. Barcha to‘plagan ma’lumotlarini daftarlariga qayd etishdi.