Chudakova Vera Petrovnaning Toshkent farmasevtika institutiga tashrifi

15.11.2018, 17:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2262

2018-yil 15-noyabr kuni soat 10.00 da institut kichik faollar zalida “G.S.Kostyuk” nomidagi Ukraina davlat psixologiya institutining, psixologiya fanlari nomizodi Chudakova Vera Petrovna Toshkent farmasevtika institutiga tashrif buyurdi. Mazkur seminar-treningni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.A.Nabiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

     

Institut professor-o‘qituvchilari, talabalari o‘rtasida Chudakova Vera Petrovna seminar-trening darsi o‘tkazdi. Ushbu seminar-trening “Tez o‘zgaruvchan innovatsion sharoitlarda raqobatga chidamliylik kompitentini shakillantirish va zamonaviy psixologik texnologiyalari” mavzusida tashkil etildi.

     

Ushbu seminar-trening quyidagi maqsadlarda tashkil etildi:

1.Shaxslar aro samarali muoqot va munosabatlarga kirishish san’ati;

2.Stressga chidamliylik va moslashuvchanlik qobilyatlarini shakillantirish texnologiyalari;

3.Shaxsning o‘z o‘ziga adekvat bahosini shakillantirishning psixologik texnologiyalari;

4.Shaxslar aro munosabatlardagi nizolarni hal qilishning psixologik texnologiyalari;

5.Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va shakillantirishning samarali texnologiyalari;

Seminar-trening mashg‘ulotida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi va mutaxassis berilgan savollarga javob berdi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova