“Yoshlar huquqbuzarligi. Uning oldini olish choralari” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

15.11.2018, 17:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2141

2018-yil 14-noyabr kuni soat: 15-00 da institut katta faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-talbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  736-son va 2018-yil 11-sentabrdagi “Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar huquqbuzarligi, uning oldini olish choralari” mavzusida targ‘ibot  tadbiri tashkil etildi. Tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent farmasevtika instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda hamkor tashkilot vakillaridan: Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi professori, yu.f.d. G.Z.To‘laganova, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi xodimi, podpolkovnik Z.Jabborov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi xodimi, podpolkovnik A.Murodov, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi o‘qituvchisi U.Zakirova, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Z.To‘rabayevalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

Tadbirni institut ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Q.Ismoilov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘z, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi professori, yu.f.d. G.Z.To‘laganovaga berildi.

     

Shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi professori, yu.f.d. G.Z.To‘laganova o‘z ma’ruzasida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Yurtimiz yoshlari o‘qib, bilim olib, yurtimizga foydasi tegadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Shu jumladan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish choralari xaqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Yoshlarga e’tibor shu qadar kuchli ekanining yana bir isboti sifatida yurtimizda aynan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun” ishlab chiqilganligi hamda mazmun-mohiyati haqida to‘xtaldi.

     

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi xodimi, podpolkovnik Z.Jabborov o‘z ma’ruzasida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Yurtimiz siyosatida yo‘lga qo‘yilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunni sharhlab berdi. Aynan yoshlar orasida jinoyatchiliklar, huquqbuzarliklar ko‘payib ketmasligini ta’minlovchi choralar xususida so‘z yuritildi. Bunday vazifalarga nafaqat huquq organlari balki yurtimizning barcha fuqarolari birdek mas’ul ekanini bildirish maqsadida “Bir bolaga yetti maxalla ota-ona” maqolni misol qilib keltirib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi xodimi, podpolkovnik A.Murodov, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi o‘qituvchisi U.Zakirova ham mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Ular  ma’ruzasida asosan yoshlarni jinoyatlarga qo‘l urishida oilaning javobgarligi juda katta bo‘ladi. Shu sababdan avalambor oilaning ichki muhiti, yashash sharoiti, ota-onaning oiladagi o‘rni va boshqalarni chuqur o‘rganib chiqish lozimligini ta’kidladi. Ayni shu maqsad bilan Ichki ishlar organlarining oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish choralari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

     

Institut matbuot kotib

N.L.Usmanova

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

N.X.Ashurova