Farmasevtik kimyo kafedrasi professor o‘qituvchilarini ishlab chiqarish korxonasi xodimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvi

14.11.2018, 16:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3143

Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq, aholini dori vositalari bilan ta’minlash tizimi endi yo‘lga qo‘yilayotgan bir vaqtda, O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib infuzion preparatlarni ishlab chiqarishni boshlagan korxonlardan biri OOO “Mediofarm” korxonasidir. Bu korxona 1999-yilda ko‘z va burun uchun tomchilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa. 2014-yilda ampula in’eksion  eritmalar ishlab chiqarishni shuningdek, 2017-yildan boshlab galen preparatlar xamda sirop dori shakllarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

          

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3775 qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farmasevtik kimyo kafedrasida professor o‘qituvchilar tomonidan, 3 kurs farmatsiya fakulteti birinchi oqim talabalari bilan, OOO “Mediofarm”  korxonasi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Ravshanov Nabijon Alibekovich va korxona sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Qayumov Sherzod Abubakirovichlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdi korxona xodimlari ishlab chiqarilayotgan dori shakllari va korxonani bugungi kundagi nufuzi va yosh kadrlar bilan bo‘sh ish joylarini to‘ldirish, buning uchun puxta bilim olish uni kerakli joylarda qo‘llay bilishligi,  shuningdek talabalarni qiziqtirgan savollar bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalarni korxonani kimyo laboratoriya bo‘limini jadvali asosida ishlab chiqarilayotgan dori shakllarini tahlilini o‘rganishga olib borishga kelishib olindi.