Toshkent farmasevtika instituti farmakognoziya kafedrasi dotsenti, farmasevtika fanlari nomzodi Farmanova Nodira Taxirovna

14.11.2018, 15:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2071

2015 yil 24 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qarori qabul qilindi.

Qarorda ta’kidlanishicha, tanlovdan maqsad yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash va taqdirlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirishdir.

Tanlov har yili ikki bosqichda: oliy ta’lim muassasasi bosqichida har bir oliy ta’lim muassasasida va respublika bosqichida o‘tkaziladi. Ushbu tanlovning 2018 yildagi nomizodlaridan biri Farmanova Nodira Taxirovna.

Toshkent farmasevtika institutining farmakognoziya kafedrasi dotsenti, farmasevtika fanlari nomzodi Farmanova Nodira Taxirovna  bakalavriatura talabalari uchun “Farmakognoziya”, “Dorivor o‘simliklar resursshunosligi”, magistratura talabalari uchun esa “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanidan ma’ruzalar va laboratoriya fanlaridan zamonaviy o‘qitish usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda o‘zbek va rus guruhlariga ta’lim berib kelmoqda.

N.T.Farmanova davlat grantlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ham ilmiy izlanishlar olib boradi (I-SS-2017-6-17-sonli  “Mahalliy dorivor o‘simliklar xom ashyosi asosidagi  “stiflos” peshob haydovchi yig‘mani ishlab chiqarishni  yo‘lga qo‘yish”- grant raxbari, ADSS-34.5  raqamli amaliy grant loyihasida “Pilla, tut bargi, steviya bargi, oddiy sachratqi yer ustki qismi va ildizi asosida yallig‘lanishga qarshi, diuretik va qon to‘xtatuvchi ta’sirga ega peroral va aplikatsion dori turlari texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash”).

2013 yil 3 dekabrdan boshlab Toshkent farmasevtika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSC.27.06.2017.FAR/V.32.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 15.00.01-dori texnologiyasi 15.00.02-farmasevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi.

2015-2017 yillar davomida quyidagi malaka oshirish kurslarida o‘qidi va tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi: 2016 yil 21-25 noyabr kunlari “Farmasevticheskoe proizvodstvo soglasno mejdunarodnыm regulyatornыm trebovaniyam  (40 soat)” (sertifikat №  GMP-0364). Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi 1.06.2015 – 27.06.2015 yil muddat ichida “Farmatsiya” mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirish to‘liq kursini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olishga muvaffaq bo‘ldi. Malaka oshirish vaqtida olgan bilim va ko‘nikmalarni 3 kurs farmakognoziya fanidan mavzularni multimediya yaratib, ma’ruzalarga qo‘lladi va farmakognoziya fanidan o‘quv-uslubiy qo‘lanmalar tuzishda foydalandi.

N.T.Farmanova ilmiy izlanishlari natijalari O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Avstriya, Qozog‘iston ilmiy jurnallarida chop etilgan va amaliy konferensiyalarda e’lon qilingan. U muntazam ravishda institutda o‘tkazib kelinayotgan “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruzalar bilan faol ishtirok etib kelgan.  Shu kunga qadar  1 ta patent, 80 tadan ortik maqola va  tezis, 20 ta o‘quv-uslubiy ishlar  chop etildi.

N.T.Farmanova talabalarga ma’ruza, amaliy va laboratoriya  mashg‘ulotlarini o‘tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini (proektor, videoroliklar, multimedialar va b. ) hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan “Venna diagrammasi”, “Aqliy hujum”,  “Baliq skeleti”, “BBB”, “Klaster” usullari va vositalaridan keng foydalanadi.  2015-2017 o‘quv yillarida “Dorivor o‘simliklar resursshunosligi” , magistratura talabalari uchun esa “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanidan ishchi o‘quv dasturini tayyorlashda ishtirok etdi.

U kompyuter savodxonligi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lib, oxirgi avlod kompyuterlarida erkin ishlay oladi. Kafedrada elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish va ularni «ZiyoNET» jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga hamda Axborot resurslar markazidagi elektron kutubxonaga joylashtirishda hamda kafedraning axborot-kommunikatsion o‘quv tarmog‘i orqali guruhlarga namoyish etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Shuningdek Nodira Taxirovna «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovining  “Cog‘liqni saqlash” sohasi bo‘yicha «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog» nominatsiyasida ishtirok etib  maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Shu bilan bir qatorda 2018 yildagi “Yilning eng yaxshi shifokori” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi dotsent” nominatsiyasining 1-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.