Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti 1-kurs,106 – A va B guruh talabalarining ota-onalari ishtiroki

14.11.2018, 14:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2145

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi va uning tarkibida  ta`lim tizimini yanada kompleks rivojlantirish g‘oyasi ilgari surildi.Bu g‘oyaning zamiri o‘laroq Toshkent farmasevtika institutining Farmatsiya fakul’teti 1-kurs, 106 – A va B guruh talabalarining ota-onalari bilan gurux murabbiy Sh.S.Yuldasheva majlis tashkil etdi.

Majlis tashkil etilishidan maqsad institut ichki tartib intizomi  bilan ota-onalarni tanishtirish. Majlisda talabalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi va kerakli fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.Shuningdek talabalarning  ota-onalari ham so‘zga chiqib, farzandlarining tarbiyasiga befarq bo‘lmagan ustozlarga minnatdorchilik bildirib o‘tishdi va bugungi kunda yoshlar o‘rtasidagi glabal muommolarga ham ota-onalar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Majlis so‘nggida, ota-onalar farzandlarini shunday oliygohda ta’lim olayotgani, farzandlariga ta’lim va tarbiya berayotgan ustozlardan juda ham minnatdor ekanliklarini aytib institut  jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.