Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida kafedra kuni o’tkazildi.

06.11.2018, 11:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2365

2018-yil 2-noyabr kuni DVST kafedrasi professor-o‘qituvchilari Talabalar turar joyida reja asosida kafedra kuni o‘tkazish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. Tadbirda kafedra mudiri professor V.R.Xaydarov rahbarligida kafedraning barcha professor o‘qituvchilari hamda institut psihologi S.A.Azlarova, talabalar turar joyi pedagog tarbiyachisi N.E.Yusupovalar qatnashdi va ushbu tadbir DVST kafedrasi 107-auditoriya xonasida dasturxon ustida tashkillashtirildi. Ular hafta davomida talabalar turar joyida shu kafedraga biriktirilgan 3-qavat 50-57 xonalarda yashovchi talaba qizlarni yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar va ular bilan institut qonun-qoidalariga rioya qilish, odob–axloq, elektr va gaz ta’minotlaridan to‘g‘ri foydalanish, institut mulkini asrash, avaylash, kiyinish madaniyati haqida suxbat o‘tkazdilar. Kafedra kunini o‘tkazishda ma’naviy ma’rifiy mavzu sifatida ularning milliy axloqiy tarbiyasini oshirish maqsadida talabalar bilan “Farzandning ota-ona oldidagi burchi va vazifalari”, “Keksalarni e’zozlash xalqimizga xos fazilat” kabi mavzularda dotsent O.M.Ernazarov va dos.v.b. Z.X.Abdujalilovalar tomonidan suhbat tashkillashtirildi va suxbat natijasida talabalar o‘zlariga kerakli xulosalar chiqarib olishdi.