Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilarining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 51-sonli maktabiga tashrifi.

02.11.2018, 11:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2655

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligining 2018-yil 18-oktabrdagi 87-02-2996-sonli xatida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 29-oktabr kuni Toshkent farmasevtika instituti Farmakognoziya kafedrasining mudiri, farm.f.d., prof. F.F.O‘rmonova va Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining mudiri, farm.f.n., prof. V.R.Xaydarovlar boshchiligida, mahalliy farmasevtik ishlab chiqaruvchi korxona vakillaridan “CORALL PHARM” MChJ direktori Sh.Yu.Sodiqov, o‘qituvchilar, farm.f.n., dots. A.D.Tadjiyeva, assistentlar Z.A.Zuparova va D.T.Safarovalar Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida joylashgan 51-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o’tkazdilar.

Uchrashuvda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, 51-sonli maktabning direktori N.E.Ashirov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.O‘.Sulaymonova, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mamajonov D.M., maktab o‘qituvchilari M.A.Azimboeva va A.A.Sodiqovlar ham bevosita ishtirok etdilar.

     

Uchrashuvda Yoshlarga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan quyidagi asosiy prinsiplariga rioya qilingan xolda tashkiliy, tarbiyaviy, ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirildi:

– ochiqlik va shaffoflik;

– yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;

– yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

– ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;

– yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Shuningdek, Yoshlarga oid davlat siyosatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari ham maktab o‘quvchilariga tushuntirib o‘tildi:

– yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

– yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;

– yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;

– yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;

– yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

– yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

– yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;

– yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;

– iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;

– yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

– yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

– yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

– yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Shundan so‘ng, assistent Z.Zuparova tomonidan tayyorlangan “Oila maqaddas qo‘rg‘on” mavzusidagi ma’ruza qildi.

     

Z.Zuparova o‘z ma’ruzasida har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyos ekanligi, chunki  insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanishi, bolaning harakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishida oilaning o‘rni nihoyatda beqiyos ekanligi aytib o‘tildi. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etishi ham alohida ta’kidladi.

Shuningdek tadbir yakunida maktab o‘quvchilariga S.Ubaydullaevaning “Oila Madaniyati”, B.Isroilov, G.Masharipovalarning “Ajdodlar merosi ma’naviy tarbiya”, U.Sattorovning “Odam savdosi-ma’naviyat kushandasi”, G.Matkarimova, A.Alimovlarning “Odam savdosi: muammo va yechimlar”, Sultonmurod Olimning “Oila va jamiyat”, Sh.Sodiqovaning “Qarisi bor uyning parisi bor”, M.Bo‘ronovning “O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy siyosatning tadrijiy rivojlanishi”, I.Quvondiqovning “Xotira-ma’naviyat beshigi”, J.Xolmurodovning “Globallashuv va milliy ma’naviyat”, M.Qarshiboyevning “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa” kabi yoshlar ma’naviy saviyasini oshiruvchi badiiy adabiyotlar taqdim etildi.