“Tinchlik – eng oliy ne’mat”, ”Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q”

05.11.2018, 21:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2670

Ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni rad etish va o‘z g‘oyalarini murosasizlik va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishdir. Bugungi kunda ekstremizm butun jahonda davrning eng global muammolaridan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekstremizm bilan bog‘liq muammolar o‘zining salbiy oqibatlarini keltirib chiqarayotganligi har birimizdan hushyorlikni talab qiladi.

Voyaga etmagan yoshlarni diniy tashkilotlarga jalb etish shuningdek, ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

     

Yoshlar o‘rtasida ekstremistik g‘oyalar, missionerlik va prozelitizm tarqalishining oldini olish uchun joylarda ijtimoiy-siyosiy, diniy vaziyatning doimiy monitoringi va tahlilini tashkil etish, vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilot va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalarida tadbirlar tashkil etildmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 12-oktyabrdagi 87-02-2948-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, ”Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzulari yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

     

     

Tadbirni institutning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘zni  Toshkent Xalqaro Islom akademiyasi katta ilmiy xodimi Joniyev Muzaffarxon Fayzullayevich davom ettirib talabalarga Islom dini har qanday og‘ir sharoitda ham ekstremizim va terrorchilik kabi keskin harakatlarni amalga oshirishga ruxsat bermasligi, uning ta’limotiga ko‘ra, nohaq qon to‘kilishi  eng og‘ir gunoh hisoblanib, uning jazosi ham og‘ir ekani xaqida ta’kidlab o‘tdi. Talabalar mavzu yuzasidan savollar bilan murojaat qilib kerakli ma’lumotlarni oldilar. Shuningdek Toshkent shaxar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili Saydaliev Fayzulloxon G‘ulomovich talabalarga terrorizm va diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashish, ona vatanga sadoqat, xar bir shaxsga insonparvarlik bilan munosabatda bo‘lish, mehribonlik, g‘amxo‘rlik va boshqa ahloqiy fazilatlarni  har bir inson o‘zida mujassam etishi kerakligi to‘g‘risida to‘xtaldi.

     

Tadbir ommaviy axborot vositalarida xam yoritildi, jumladan “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr” informatsion dasturi hamda institut veb-sayti orqali.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova