“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish  choralari”

03.11.2018, 16:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2328

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish  choralari”

2018-yil 1-noyabr kuni Toshkent farmasevtika institutining murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova hamda “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i N.X.Ashurova boshchiligida  institutda ma’naviy muhitni samaradorligini yanada oshirish maqsadida yig‘ilish tashkil etildi.Ushbu yig‘ilishda institutning farmatsiya  fakulteti dekan muovini O‘.Jalilov,institut psixologi, xotin qizlar qo‘mitasi raisi B.Boltaeva, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining institut yetakchisi F.Sh.Namozov, talabalar turar joyining mutasaddisi  B.Abduraxmonov, institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupova hamda institutning ma’naviyatga masul xodimlari va kafedra murabbiylari ishtirok etdilar.

Majlisni murabbiylar kengashi raisi N.Salimsakova ochib berdi va targ‘ibot guruhlarini shakillantirish kerakligi,shu bilan bir qatorda  kafedra ma’naviyatchilariga  talabalarning institut odob axloq qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilib borishlari xaqida aytdi.

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti institut yetakchisi F.Sh.Namozovga “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”intellektual o‘yini, institut talabalar teatr studiyalari ishlarini yanada jonlantirish vazifalari yuklatildi.

Iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova ma’naviyatga masul xodimlarga ma’naviyat ishlari samaradorligini yanada oshirish, institutda ma’naviy axloqni nazoratini yanada kuchaytirish, nogironligi bor talabalarni qo‘llab quvatlash hamda shu kabi yana ko‘plab masalalar xususida to‘xtalib o‘tildi.

     

 

                  

         Institut matbuot kotibi           N.L.Usmanova