“O’simlik va hayvon to’qimalaridagi lipidlarni ajratib olish” mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.

02.11.2018, 15:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2127

2018-yil 31-oktabr kuni Sanoat farmatsiya yo’nalishi “Biotexnologiya”kafedrasi assistenti I.B.Shermatovaning 4-kurs Biotexnologiya yo’nalishi 401-A va 401-B guruhi talabalari uchun “Biologik faol moddalar texnologiyasi” fanidan talabalarni bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida “O’simlik va hayvon to’qimalaridagi lipidlarni ajratib olish” mavzusida hamda barcha laboratoriya mashg’ulotlarini mustaqil bajarish bo’yicha ochiq darsi bo’lib o’tdi. Ushbu ochiq dars Biotexnologiya kafedrasi mudiri M.G.Ismailova, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i N.A.Abzalova, Ta’lim sifatini nazorati bo’yicha Hudoyqulova D, Ilmiy kotib F.X.To’xtayev hamda biotexnologiya kafedra o’qituvchilari X.T.Zoirova, L.I.Alimdjanova, S.Hadjimetova, Sh.H.Muratova, N.Q.Rashidova, F.Qayumov, M.Sayliyev, Sh.Usubbayeva, DVST kafedrasi o’qituvchilari M.Jaloliddinova ishtirok etdilar.