“Biologik faol moddalar texnologiyasi” fanidan mustaqil ishini qabul qilish noan’anaviy shaklda tashkil etilmoqda.

02.11.2018, 15:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2801

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori 11-bandiga asoslangan holda Toshkent farmasevtika institutida talabalarni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol  uslublarni  joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Toshkent Farmatsevtika institutining Biotexnologiya kafedrasi assistenti I.B.Shermtovaning “Biologik faol moddalar texnologiyasi” fanidan Sanoat farmatsiyasi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalarning mustaqil ishini qabul qilish noan’anaviy shaklda tashkil etilmoqda. Ushbu metodning qo’llanilishi orqali talabalarning bilim va ko’nikmalari, mustaqil izlanuvchanligi va o’z ustida ishlash samarasini yanada oshirish ko’zda tutilgan.Talabalar mustaqil ishlarini Power Point taqdimot ko‘rinishida guruhda taqdim etilib, muxokama qilindi. Bundan tashqari talabar axborot kommunikatsiya- texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanish orqali ilmiy yangiliklar kiritish va yangi texnologiyalarni izlab topib, ushbu texnologiyalarni  qo’llash va hamda muammolarni hal etish bo’yicha baxs munozaralar asnosida fikr mulohaza  almashilindi.