Barcha o’qituvchi va yuqori kurs talabalari diqqatiga!

01.11.2018, 14:02 E'lonlar 2253

Institutda kelgusi haftada katta majlislar zalida “Men rektor bo’lsam nimalar qilardim?” mavzusida institut rektori bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.Institut yosh pedagog-hodimlari, iqtidorli yoshlar o’rtasida zahira raxbar kadrlarni aniqlash, yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash shuningdek, sohaga innovatsiyalarni kiritish tadbirning asosiy maqsadidir. Ta’lim tizimini sifat ko’rsatkichlarini oshirish, farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasini rivojlantirish sohasidagi sizning taklif mulohazalaringiz biz uchun qadrli. Barchani mazkur ochiq muloqotda faol ishtirok etishini so’raymiz. Takliflaringizni yozma shaklda ham taqdim etishingiz mumkin.

Institut ma’muriyati