Toshkent farmasevtika instituti rahbar va professor-o‘qituvchilarining  Yangiyo‘l tumanidagi 50-umumiy o‘rta talim maktabiga tashrifi

01.11.2018, 13:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2086

O‘quvchi yoshlarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Biz buyuk avlod vorislarimiz” va “Ilm insonni ezgulika yetaklar” mavzulari yuzasidan Toshkent farmasevtika instituti rahbar va professor-o‘qituvchilari Yangiyo‘l tumanidagi 50-umumiy o‘rta talim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida uchrashuv tashkil qildilar.

     

     

Uchrashuvni maktab rahbari ochib berib, tadbir ishtrokchilari bilan tanishtirdi. So‘ng navbatni Toshkent farmasevtika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Ismailov Kamolatdin Qurultoyevichga berdi. K.Q.Ismailovga tadbir qatnashchilariga xozirgi o‘sib kelayotgan yoshlarni manan yetuk shaxs etib tarbiyalash dolzarb masalaligi, har bir rivojlanayotgan davlat  o‘z siyosatini dastlab yoshlarni talim olishi va yuksalishiga qaratishi zarurligi haqida so‘zladi. Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi mudiri Sharipov Avez To‘ymurodovich ilm insonni ezgulika yetaklaydigan manaviy kuchdir. Uni inson o‘zida shakllantirish uchun kitobni ko‘proq o‘qish kerakligi xususida gapirib tadbirni davom ettirdi. Toshkent farmasevtika instituti tashkil topishiga o‘zining xissasini qo‘shgan insonlar haqida gapirdi. Ilm haqida qarashlardan misollar keltirdi. Shuningdek Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Yo‘ldoshev Saodat Mamasaxatovna ham tadbirga tashrif buyurdi va u o‘z so‘zida o‘quvchi yoshlarni talim olishga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirib, maktab vaqtida o‘zining oldiga faqat o‘qishni qo‘yishi bosh masalalarni ikkinchi o‘ringa qo‘yishi haqida gapirib, xozirgi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan talim sifati bo‘yicha tan olingan davlatlar bilan memarandumlar imzolanganligi va bochqichma bosqich jahon universitetlarining bizdagi filiallari ochilishi haqida gapirib o‘tdi.

     

     

So‘ng tadbir Toshkent farmasevtika instituti tomonidan tayorlangan video lavha bilan yakunlanib maktabning direktori hamda tarix fani o‘qituvchilariga institutning Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tayorlangan Tarix fanidan ko‘rgazmali materiallar sovg‘a tarzida taqdim qilindi.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova