“Kompleks hosil bo‘lish muvozanati va unga ta’sir etuvchi omillar” mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

19.10.2018, 13:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2547

Analitik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi U.O‘.Ro‘zmetovning farmatsiya fakulteti II-kurs V-oqim kasb ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Kompleks hosil bo‘lish muvozanati va unga ta’sir etuvchi omillar” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Kompleks birikmalar jonli va jonsiz tabiatda keng tarqalganligi sababli sanoatda, qishloq xo‘jaligi,  tibbiyotda keng qo‘llaniladi.

     

Kompleks birikmalar ko‘pgina dori preparatlari tarkibida insulin-ruhning kompleksi, V12-vitamini kobaltning kompleksi, xlorofill – magniyning, gemoglobin esa temir kompleksi hisoblanib va bu mavzuni chuqurroq o‘rganish bo‘lajak provizorlar uchun katta ahamiyatga ega.

Ochiq ma’ruzada ma’ruzachi tamonidan ta’limning zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi. Ma’ruza qiziqarli tarzda bo‘lib savol-javoblarga boy bo‘ldi va talabalarda katta qiziqish paydo bo‘ldi. Kompleks birikmalar tutgan dori preparatlarini yaratishga qiziqish bildirishdi.