“Turli yot g‘oyalarning oldini olish choralari”, “Odam savdosiga qarshi kurashishda yoshlar faolligi” mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

24.10.2018, 22:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2225

2018-yil 23-oktyabr kuni institut Farmatsevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida “Turli yot g‘oyalarning oldini olish choralari”, “Odam savdosiga qarshi kurashishda yoshlar faolligi” mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul o‘qituvchi SH.S.Yuldosheva, dotsent R.Xusainova, A.D.Toshpo‘latova, N.Yunusxo‘jayevalar ishtirok etib mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tdi. Shuningdek, suhbat jarayonida chet davlatlarga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarning odam  savdosi qurboniga aylanishlari xavfini oldini olish, huquqiy savodxonliklarini oshirish, chet davlatlarga chiqish va u yerda bo‘lish qoidalari to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berish, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatdan jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ko‘rsatiladigan huquqiy-ijtimoiy yordamlar haqida ma’lumotlar berildi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan yakka tartibda ham suhbatlar olib borildi. Tadbirda jami 53 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova