Hindiston davlatining National Institute of Pharmaceutical Education and Research-Farmatsevtik Ta’lim va Tadqiqot Milliy Institutiga tashrif.

24.10.2018, 13:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2149

Toshkent farmasevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini muayyan darajada bajarish, ya’ni oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bajarish maqsadida institutning Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsevtik texnologiya kafedrasi dotsenti H.K.Bekchanov va Sanoat farmatsiyasi fakulteti Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti Z.X.Zufarova Hindiston davlatida ITEC dasturi asosida 2018-yil 3–13 oktyabrda bo‘lib o‘tgan NIPER – National Institute of Pharmaceutical Education and Research-Farmatsevtik Ta’lim va Tadqiqot Milliy Institutida “Recent Trends and Challenges in Biopharmaceuticals” (“Biofarmatsevtik preparatlar bilan bog‘liq so‘nggi tendensiyalar va muammolar”) kursida (ikki haftalik intensiv trening dasturida) malaka oshirib qaytishdi va sertifikatlar olishga muvaffaq bo’lishdi.