Talabalar turar joyidagi yigitlar bilan ochiq muloqot.

23.10.2018, 22:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2178

2018-yil 23-oktabr kuni talabalar turar joyining barcha talaba-yigitlari bilan TTJ mas’ul mutassadisi B.Abdurahmonov, TTJ pedagog-tarbiyachisi N.E.Yusupovalar tomonidan odob ahloq mavzusiga oid majlis tashkil etildi. Bo‘lib o‘tgan majlisda odob-ahloq qoidalari talabalarning yashash sharoiti va sanitariya gigiena qoidalari, xona va seksiyalarning ozodaligi  yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

     

Jamoa mulkini asrash, institut moddiy resurslariga o‘z mulkidek qarash va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, institutda tartib saqlash bosh mezon ekanligi takidlab o‘tildi. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda talabalarni qiynayotgan muammolar, kamchiliklar xususida  savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yana talabalar bilan boshqa masalalar yuzasidan ham suhbatlashildi.

     

Talabalar turar joyi pedagog

tarbiyachisi N.E.Yusupova 

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova