Talabalar turar joyida yashovchi qizlar uchun “O‘zbek qizi” nomli ma’naviy ma’rifiy tadbir.

23.10.2018, 21:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2201

Toshkent farmasevtika institutida navbatdagi ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbir “O‘zbek qizi” deb nomlanib, ushbu tadbir talabalar turar joyida yashovchi qizlar uchun tashkillashtirildi. Tadbirda murabbiylar kengashi raisi N.Salimsakova, Talabalar turar joyi pedagog tarbiyachisi N.Yusupova, institut psixologi S.Azlarova va xotin-qizlar raisi B.Boltayevalar ishtirok etdilar.

Murabbiylar kengashi raisi N.Salimsakova tabirni boshlab, milliy urf odatlarimiz va an’nalarimizda qizlar tarbiyasining alohida jihatlari haqida qizlarga tushuncha berib o‘tdi. Talabalar turar joyining pedagog tarbiyachisi N.Yusupova, qizlar o‘rtsida o‘zaro ijobiy munosabatlar shakillanishining ta’lim olishga tasiri xaqida aytib o‘tdi. Institut psixologi tadbirga yeg‘ilgan qizlar uchun talabalik davrining o‘ziga xos psixologik  qiyinchiliklari, ularning  kelgusi hayotga ta’siri va ularni ijobiy hal etish  usullari    hususida  malumotlar berdi.

     

Shu bilan birga tadbir davomida “Ibo-hayo o‘zbek ayoliga hos fazilat” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Shuningdek hozirgi kunda talabalarni qiynayotgan  muammolar yuzasidan  ham suhbat tashkil etildi.

     

Talabalar turar joyi pedagog

tarbiyachisi N.E.Yusupova 

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova