“Talabalar turar joyi”dagi talaba qizlar uchun majlis.

23.10.2018, 20:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2239

2018-yil 22-oktabr kuni barcha talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarni jalb etgan holda, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, TTJ mas’ul mutassadisi B.Abdurahmonov, TTJ pedagog-tarbiyachisi N.Yusupova, psixolog S.Azlarovalar ishtirokida majlis tashkil etdildi. Majlisda odob-ahloq qoidalari, ichki-tartib intizom, sanitariya gigiyena holati xaqida fikr bildirildi. Shuningdek,  yotoqxona jihozlarini asrab-avaylash, xonalar va oshxonalardagi tartib intizomni saqlashda jamoa mulki hisining axamiyati xaqida ta’kidlab o‘tildi.

Talabalar turar joyida turuvchi qizlarning yangi muhitga moslashishlari va umumiy sharoitlarning yaxshiligi, yetakchi qizlarning o‘rni, ayrim bitiruvchi qizlarning namunali xulq-atvorlari kichik bosqich talabalariga o‘rnak sifatida ko‘rsatildi. Majlisda tilga olingan masalalar yuzasidan pedagog tarbiyachi va yetachi qizlarning ham fikr mulohazalari tinglandi.

    

Talabalar turar joyi pedagog

tarbiyachisi N.E.Yusupova 

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova