Toshkent farmatsevtika instituti hodimlarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi.

23.10.2018, 20:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2707

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarning vakillaridan tashkil topgan 21 kishidan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasining taklifiga binoan 2018 yil 12 – 21 oktabr kunlari Xitoy davlatining quyidagi muassasalariga tashrif buyurdi:

1) 12 – 13 oktabr kunlari Urumchi shahridagi Xitoy Fanlar Akademiyasining Shinjan fizik – kimyoviy texnika instituti va uning texnoparki:

2) 14 – 15 oktabr kunlari Nankin shahrida “Ozuqa va dorivor o‘simliklarning manbaalari, xamda biofaol ingredientlar” mavzusidagi halqaro ilmiy simpozium;

3) 16 – 17 oktabr kunlari Nankin shahridagi dorivor usimliklar yetishtiriladigan botanika bogiga farmatsevtik kompaniya va Nanking an’anaviy Xitoy tibbiyoti klinik kasalxonasi;

4) 18-oktabr kuni Shanxay shahridagi Xitoy Fanlar Akademiyasining Meditsina materiallari instituti;

5) 19-oktabr kuni Shanxay shahridagi “Yashil vodiy” farmatsevtik kompaniyasi, Shugao gospitali va biologik faol moddalarni saklovchi milliy bank;

6) 20-oktabr kuni Urumchi shahridagi Shinjan usimliklar gerbariylari bazasi.

     

Tashrif jarayonida fan va texnologiya sohasida qulga kiritilgan yutuqlarning ishlab chiqarishga joriy etilishida ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasining joriy etish mexanizmlari bilan tanishildi. Xitoy fanlar akademiyasida magistr va PND yunalishida ilmiy kadrlar tayyorlash yulga kuyilganligi, davlat tomonidan bu yunalishlar mutaxassisliklarning umumiy klassifikatoriga kiritilganligi, ta’lim, ilm-fan va ishlab chikarish integratsiyasida yukori natijalar berganligiga guvoh buldik. Shuningdek, magistr va PhD mutaxassislar halkaro talablarga muvofiq “Double degree” darajalarini berish mexanizmi bilan tanishildi.

Muassasalarning zamonaviy talablar asosida jihozlangan laboatoriyalarining infratuzilmalari bilan tanishildi.

Safar yakunida tomonlarning uzaro ilmiy-amaliy xamkorlikni yulga quyish aspektlari kelishib olindi.

Ishtirok etilgan barcha tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazildi va tibbiyot bilan farmatsevtika sohalari  bo‘yicha kerakli ma’lumotlar yetarlicha o‘zlashtirildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib Xitoy Xalq Respublikasi xukumatiga, XXRsining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasiga, Xitoy Fanlar Akademiyasining Shinjyan texnik instituti rahbariyatiga, direktor muovini professor Xodjiakbar Ayza va uning jamoasiga chukur minnatdorchilik bildiramiz.

     

Toshkent farmatsevtika institutdan quyidagi professor-o‘qituvchilar Xitoy xalq respublikasiga  tashrif buyurdilar bular; To‘xtayev Farhod, Ismoilova Mohinur, Tulyasheva Muborak, Nuritdinova Ra’no, Zaripova Nargiza, Saidkarimova Nodira, Normurotov Abdulla.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova