Sankt-Peterburg davlat Kimyo-farmasevtika universiteti rektori professor Narkevich Igor Anatolevichning O’simlik moddalari kimyosi institutiga tashrifi.

20.10.2018, 12:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2187

2018-yil 19-oktyabr kuni Sankt-Peterburg davlat Kimyo-farmasevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevich, tibbiy va farmasevtik tovarshunoslik kafedrasi mudiri Umarov Sergey Zakirdjanovich kunining 2-yarmida Toshkent farmasevtika instituti rahbariyati bilan O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida rossiyalik faxrli mehmonlar mazkur institutdagi farmatsevtik ishlab chiqarish kompleksi, uning imkoniyatlari va yaqin kelajakdagi rejalari bilan tanishdi. O’MKI direktori Sh.Sagdullayev sohada yosh kadrlarga bo’lgan talabni muhim jihatlari haqida gapirib, bu borada Toshkent farmatsevtika instituti bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik borasida ham to’htalib o’tdi. Shuningdek uchrashuv jarayonida farmasevtika sohasini yanada rivojlantirish, shu bilan bir qatorda “nulevoy sikl” dan ishlab chiqarilayotgan dori vositalari sintezi, dori shakllari va ularning sifatini nazorat qilish, yahshi mutaxassislar tayyorlash uchun uchta muassasaning o’zaro hamkorligini tashkil etish bo’yicha kelishib oldilar. Buning uchun yosh kadrlarni malakasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish masalasiga e’tibor qaratildi. Professor Igor Narkevich xalqaro loyihalarda birgalikda qatnashish, hamkorlikda ilmiy ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etishdan ma’mnun ekanligini ta’kidlab o’tdi. Tashrif so’ngida faxrli mehmon har ikki institut rahbariyatiga ajoyib uchrashuv hamda o’zaro manfaatli hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova