Dori turlari texnologiyasi kafedrasi tomonidan 2-Respublika Tibbiyot kolleji o’qituvchilariga seminar-trening o’tkazildi.

19.10.2018, 16:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2736

2018-yil 17-oktyabr kuni Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti N.Sh.Radjapova va N.S.Abduxalilovalar tomonidan 2-Respublika Tibbiyot kolleji o’qituvchilariga “Ta’lim vositalari-ta’limt exnologiyasining elementi” hamda “Murakkab tarkibli poroshoklar tayyorlash va sifatini baholash” mavzularida seminar-trening o’tkazdilar. Seminar-trening davomida kollej o’qituvchilariga mavzuga oid prezentatsiya, ko’rgazmali materiallar namoyish qilindi. Seminar-trening natijasida o’qituvchilar nazariy va amaliy darslarda qo’llaniladigan graforganayzerlar bilan tanishib, pedagogik tajriba almashdilar.