O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi boshlandi.

19.10.2018, 08:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2070

O‘zbekiston va Rossiyaning qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan ilk marotaba O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda.

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tayotgan forumning birinchi qismi yalpi majlis shaklida o‘z ishini boshladi.

Yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov hamda Rossiya rektorlar uyushmasi prezidenti, Lomonosov nomidagi Rossiya davlat universiteti rektori Viktor Antonovich Sadovnichiylar ochib berishdi.

Forumning keyingi qismida esa, ikki davlat OTMlari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda muhokama qilish maqsadida alohida sho‘balarga bo‘linishdi.

Xalqaro anjumanda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 150ga yaqin shartnomalar imzolandi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova