“O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” va “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzulari ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

18.10.2018, 08:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2603

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 4-oktabrdagi 89-02-2816-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 17-oktabr kuni  institut talaba – yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” va “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

     

Tadbirni tashkil etishdan asosiy  maqsad yoshlarni milliy g‘oya va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan fahrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchini kuchaytirish, yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalashdir.

Tadbirni institut Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi, so‘ngra so‘z tadbir mehmonlariga berildi. Tadbirda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali drama teatri direktor o‘rinbosari va aktyor Hayrullo Inog‘omov, Qurolli kuchlar faxriysi, zahiradigi polkovnik Pardayev Rofi Pardayevich, Toshkent shaxar mudofa ishlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i mayor Xudoyqulov Suxrob Abdurazzoqovich, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali drama teatri aktrisasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova hamda Milliy gvardiyaga qarashli Temuriylar maktabi o‘quvchilari Aliboyev Bo‘ronbek Vali o‘g‘li va Xikmatov Ilxom O‘tkir o‘g‘li ishtirok etdi.

     

Suxbat jarayonida “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” va “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’ruza qilishdi. Shu bilan bir qatorda talabalar bilan mavzuga doir savol- javoblar qilindi.

     

Shuningdek, mazkur tadbir ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi. Tadbirga ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent” hamda “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanali hamda O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbirlari tashrif buyurdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova