Tayyor dori turlari texnologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari O‘simlik moddalari kimyosi institutida olib borilmoqda.

17.10.2018, 17:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2450

Tayyor dori turlari texnologiyasi fanidan farmatsiya yo‘nalishi 4-kurs 404-B, 406-A va 406-V guruh talabalarining 2018-yil 16-oktabrdagi laboratoriya mashg‘uloti O‘simlik moddalari kimyosi institutida DVST kafedrasining filialida olib borildi. “Presslanadigan massaning fraksion tarkibi, sochiluvchanligi va sochiluvchan zichligini aniqlash” mavzusi bo‘yicha talabalar tabletka tayyorlashning texnologik jarayonlari bilan tanishib, laboratoriya mashg‘ulotlarini amalda bajarish davomida zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Malumot uchun:(Ushbu tayyorlangan mahsulotlar talabalarda ko’nikma hosil qilish uchun tayyorlandi, mahsulotlar sotuvga chiqarilmaydi.)