Yoshlar ijodiyot saroyida bo‘lib o‘tgan “Iqtidorli yoshlarning 1-forumi”

16.10.2018, 20:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3166

Kuni kecha yurtimizdagi “Yoshlar ijodiyot saroyi”da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti iqtidorli yoshlarni safini kengaytirish maqsadida “Iqtidorli yoshlarning  1-forumi” tashkil etildi. Ushbu forumda Toshkent farmasevtika institutidan uchta nomzod taqdim etildi.

     

Mazkur nomzodlardan

1-o‘rinni Boboev Zufar Durmamat o‘g‘li o‘zining “Yod va V-Siklodekstrin asosida supramolekula birikmasini sintez qilish va sifat nazorati usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi bilan qo‘lga kiritdi.

2-o‘rinni Zokirov Abduraxim “Mahalliy xom ashyolar asosida dorivor ketgutlarni ishlab chiqarish va standartlash” mavzusida tayyorlagan ilmiy loyihasi bilan egalladi. Shuningdek, Zokirov Abduraxim va Boboyev Zufar Durmamat o‘g‘li O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining  “1-iqtidorli yoshlar forumi”da faol ishtiroki uchun sertifikatni qo‘lga kiritdilar.

Shu bilan bir qatorda ushbu forumda Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilari Zaynutdinov Xikmatillo Sunnatovich, Jalilov Fazliddin, Sharipov Avez ekspert sifatida ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

BT institut yetakchisi 

F.Sh.Namozov

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova