Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi.

16.10.2018, 15:14 E'lonlar 2470

2018-yil 18—19 oktabr kunlari O‘zbekistonga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashrif buyurishi kutilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ular qanday mavzularni muhokama qilishi hozircha noma’lum. Rossiyalik taniqli tarixchi va siyosatshunos Oleg Kuznesov bu shunchaki diplomatik tashrif bo‘lmasligini aytdi.

RIA Novosti Rossiya Prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga safariga tayyorgarlik yuqori darajada olib borilayotgani xaqida xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, Rossiya ilk bor juda katta tarkibli delegatsiyadan iborat bo‘lgan holda O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda. Hukumat amaldorlari, yirik biznes vakillaridan tashkil topgan delegatsiya a’zolari 800 dan ortiq. Shu vaqtgacha, O‘zbekistonga kelgan Rossiya delegatsiyasi soni 200 kishi atrofida bo‘lgan.

Bundan tashqari, Rossiyaning 70 dan ortiq nufuzli oliy o‘quv yurtlari rektorlari ham kelishadi va O‘zbekistonda ilk bor “Rektorlar forumi” o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston va Rossiya oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik masalalari ham muhokama etiladi.

Qayd etilganidek, tashrifni Rossiya OAVning 200 dan ortiq jurnalistlari yoritadi. Buning uchun yurtimizda  barcha sharoitlar muhayyo etiladi.

Shuningdek 2018-yil 19-oktabrda Toshkent farmasevtika institutiga Sank-Peterburg Kimyo-farmasevtika davlat universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevich, tibbiy va farmasevtik tovarshunoslik kafedrasi mudiri Umarov Sergey Zakirdjnovichlarning tashrifi kutilmoqda.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova