Farmatsiya fakultetining iqtidorli talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish tanlovi bo’lib o’tdi.

11.10.2018, 16:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2539

     

     

     

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi №84-02-1961-sonli Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ilmiy faoliyatiga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikirlashni shakillantirish bo‘yicha chora – tadbirlar dasturi hamda institut iqtidorli talabalar bilan ishlash ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risidagi nizomi asosida iqtidorli talabalarni chuqurlashtirilgan dastur asosida yakka tartibda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor N.S.Normaxamatov hamda Iqtidorli talabalar bilan bo’limi boshlig’i G.Yu.Malikovalar tashabbusi bilan 2018-yil 11-oktabr kuni institutning kichik faollar zalida Farmatsiya fakultetining iqtidorli va iste’dodli talabalarini barcha kurslari orasida psixologik va pedagogik testlar, og‘zaki savol-javoblar orqali tanlab olindi.

     

     

Iqtidorli talabalarni yakka tartibda chuqurlashtirilgan dastur asosida maqsadli o‘qitishni tashkil qilish. Chuqur bilim olish, ilmiy faoliyati uchun ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida malakali professor – o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etildi. Tanlovda quyidagi kafedralarning professor o‘qituvchilari faol qatnashib, kafedalarning ilmiy ishlarini yo‘nalishi bo‘yicha batafsil ma’lumot va tushunchalar berdilar. Bundan tashqari talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javoblarni oldilar.

     

     

  1. M. Mullajonova – Farmakognoziya kafedrasi dotsenti
  2. R.A. Xusainova – Farmasevtik kimyo kafedrasi dotsenti
  3. Z.O‘.Usmanaliyeva – Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri, dotsenti
  4. D.A.Zulfiqoriyeva – Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti
  5. Z.A. Nazarova – Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professori
  6. N.S. Fayzullayeva – Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti
  7. M. B.Umarova – Tillar kafedrasi, katta o‘qituvchisi
  8. G.F. Xoshimova – Ijtimoiy fanlar kafedrasi, katta o‘qituvchisi
  9. X.T.Zoirova – Biotexnologiya kafedrasi dotsenti
  10. B.A.Abduraxmonov – Fizika, matematika va AT kafedrasi dotsenti