Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot akademiyasining professori Ordabayeva Saule Kutimovnaning “Farmasevtik kimyo kafedrasida” olib borgan mahorat darslari.

11.10.2018, 12:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2641

Toshkent farmasevtika institutining farmasevtik kimyo kafedrasi mudiri X.K.Olimov va professor—o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-sonli “O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassalarining o‘zaro kelishuvi xamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishning tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish” qarorlarini muayyan darajada bajarish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot akademiyasi “Farmasevtik va toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri farmasevtika fanlari doktori, professor Ordabayeva Saule Kutimovna mahorat darslarini olib borish va o‘zaro tajriba almashinish uchun taklif etildi. Tashrif buyurgan mehmonni institut rektori pofessor I.I.Alimdjanov kutib oldilar.

Professor Ordabayeva Saule Kutimovna rektor qabulidan so‘ng “Farmasevtik kimyo” kafedrasi mudiri dotsent X.K.Olimov boshchiligida kafedraga tashrif buyurdilar va kafedraning professor-o‘qituvchilari bilan tanishdilar.

Professor Saule Kutimovna tomonidan 2018-yilning 8-10 oktyabr kunlari Farmasevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari, farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 301A, 301V, 302A guruhlariga hamda institutning boshqa yo‘nalishidagi talabalari ishtirokida “Aromatik va geterotsiklik tuzilishga ega dori preparatlarining farmasevtik tahlili”, “Aromatik aminokislota hosilalarining tahlili”, “Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, nitrofenilalkilaminlar guruhiga kiruvchi dori vositalarinig tahlili”, “Xlorbenzosulfamid va benzosulfamid hosilalari tahlili” mavzularida mahorat darslarini olib bordi shuningdek, tashrif buyurgan mehmon tomonidan ishtirokchilarga tarqatma materiallar, kafedra professor-o‘qituvchilariga esa uslubiy ko‘rsatmalar, taqdimotlar va video roliklar o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun taqdim etildi.

     

Mehmon Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot akademiyasi “Farmasevtik va toksikologik kimyo” kafedrasida olib boriladigan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borilishi, kafedrada ilmiy yo‘nalishda qilinayotgan ishlar va boshqalar to‘g‘risida institutning “Farmasevtik kimyo” kafedrasi o‘qituvchilariga batafsil ma’lumot berdi. O‘zaro tajriba almashinish jarayonida “Farmasevtik kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va kelgusida har ikkala oliy ta’lim muassalari doimiy ravishda hamkorlik ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.

10-oktyabr kuni professor Ordabayeva Saule Kutimovna mahorat darslarini yakunladi va institut rektori professor I.I.Alimdjanov tomonidan kuzatildi.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi