Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti faramsiya yo‘nalishi FT-509 A guruh talabasi Fazliyev Sunnatullo Aloyiddinovichning “Davr” informatsion dasturi uchun intervyusi

09.10.2018, 20:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3194

Bugungi kunda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli, vatanparvar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tiborni oqlashga xarakat qilib kelayotgan yoshlarimiz talaygina. Yuritimzda ilmiy izlanishlar bilan mashg‘ul talabalarni ishlarini ommaviy axborot vositasida yoritish maqsadida Toshkent farmasevtika institutiga “Yoshlar” teleradiokanali “Davr”informatsion dasturi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbirlari kelib institut yosh olimlari bilan suhbat qildi.

Bunday yoshlarimizdan biri Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti  farmatsiya yo‘nalishi FT-509 A guruh talabasi Fazliyev Sunnatullo Aloyiddinovich. Uning fanga, ilm olishga bo‘lgan qiziqishi katta. Sunnatullo Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishiga Xalqaro D.I.Mendeleyev olimpiadasining  g‘olibi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  guvohnomasi asosida imtixonlarsiz qabul qilindi va hozirgi kunda 5-bosqichda tahsil olmoqda. Bugungi kunga qadar u “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan. Sunnatillo Fazliyev ommaviy axborot vositasiga asosan ilmiy tadqiqotlari yani dastlab ilmiy ishlarini mahalliy homashyo asosida gemostatik ta’sirga ega “Lagoden” dori vostasini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan boshlagani, so‘ng “Yod-siklodekstrin substansiyasi hamda kapsula dori shaklini olish texnologiyasini o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga tayyorlash”, “Mahalliy homashyolar asosida prebioenterosorbent olishning yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzularida innovatsion loyihalar olib boryotgani xaqida ma’lumot berdi.

     

2017-yilning mart oyida Belarus Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlaridan kompleks tuzilgan “STEND” olimpiadasida 3–o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2015-yilda Sunnatullo Fazliev ikkinchi bosqichdaligidayoq darslarni a’lo darajada o‘zlashtirishi, ilmiy ishlardagi yutuqlari, institut ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi va boshqa yutuqlarini inobatga olib, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi stipendiyasiga loyiq ko‘rilgani xaqida ham to‘xtaldi. 2015-yil 72–anjumanda kimyo fanlari seksiyasida “Lagoden gelining olinishi va fizik–kimyoviy xossalarini o‘rganish” va tibbiy–biologik fanlar seksiyasida “Fitopreparati, primenyaemie pri serdechno-sosudistix zabolevaniyax” mavzusidagi chiqishlari bilan ishtirok etdi va faol ishtiroki uchun “Fahriy yorliq”ni qo‘lga kiritdi.

2016-yilgi anjumanda esa “Izuchenie reologicheskix svoystv gelya Lagoden” mavzusida rus tilida juda qiziqarli ma’ruza qildi va talabalar ilmiy jamiyati hamda “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tumani kengashining “Fahriy yorliq”lari bilan mukofotlandi.

2017-yil 16-17 may kunlari institutning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Talabalar ilmiy jamiyati”ning 74-an’anaviy ilmiy anjumanida ijtimoiy fanlar seksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 14-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2016-yildagi ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi nutqiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Aynan shu anjumanning kimyo fanlari seksiyasida ingiliz tilidagi “Study of structural-mechanical properties of sulfur gel” nomli ma’ruzasi uchun ham 1-o‘ringa loyiq ko‘rilgani, 2018-yil 23-24 may kunlari «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” ga bag‘ishlangan “Talabalar ilmiy jamiyati”ning 75-an’anaviy ilmiy anjumanida kimyo fanlari seksiyasida “Investigation the quality and quantity analysis of the capsule of the “Iodine-β-CD” mavzusida ingliz tilidagi ma’ruzasi bilan 1–o‘rinni qo‘lga kiritgani, 2017–2018 yil Vinesiya shahrida o‘tkazilgan “Current chemical problems” Xalqaro yosh olimlar va talabalar konferensiyalarida tezislari bilan ishtirok etgani xususida “Davr” informatsion dasturi uchun intervyu berdi.

     

Shuningdek, O‘zbekiston fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Aminov Sobirjon Nigmatovich xam intervyusida talabasi Sunnatillo xaqida o‘z fikrlarini bildirdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova