Toshkent farmasevtika institutida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

06.10.2018, 14:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3049

Barchamizga ma’lumki, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun har bir insondan ogohlikt va hushyorlikni, atrofimizda bo‘layotgan har bir o‘zgarishlarga faol fuqrolik pozitsiyasida turib munosabat bildirishni talab etmoqda. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar borki, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi. Bunday illatlardan biri yoshlar o‘rtasida buzg‘unchi g‘oyalarni paydo bo‘lishidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-martdagi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 9-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 20-sentyabrdagi 795-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

     

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, yoshlarni  dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bugungi kunda yon atrofimizda ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat», din va vijdon erkinligi to‘g‘risida to‘xtalib talabalarga tushuncha berishdir. Hozirgi kunda ayrim yoshlarimiz orasida bilib bilmay o‘zga g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishi, odamiylik ruhida tarbiyalash har birimizning eng oliy maqsadimizdir.

     

Tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida mutaxasislar bilan savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek tadbirni Ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida “Yoshlar radiosi” dan muxbirlar kelib tadbir xaqidagi fikrlarini talabalardan olishdi.

     

Tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti professori Qirg‘izboev Muqimjon Qirg‘izboevich, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchilari X.Yo.Sagdiyev va D.R.Maxsudov hamda Toshkent shahar IIB terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi masul xodimlari Shukurov Abduvoxid Xurramovich va Saidaliyev Fayzullo G‘ulomovich  ishtirok etdilar.

     

Tadbir hamkorlari: Toshkent farmasevtika instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy  kommunikatsiya universiteti,  Toshkent shahar IIBB  hamda ommaviy axborot vositalari.