“Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida tanlov.

06.10.2018, 10:50 E'lonlar 3531

Toshkent farmasevtika institut talabalari o‘rtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi sur’at”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov nizomi

 I.Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur tanlov – Xalq ta’limi vazirligi, Kasb-hunar ta’lim markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Maraziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida institut talabalari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha Qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

1.2. Tanlov 3 ta nominatsiyada o‘tkaziladi:  “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovga institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.

1.3. Tanlov institut talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi, fakultet dekanlari hamkorligida tashkil etiladi.

 II.Tanlovning maqsadi va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada mutahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni o‘z iqtidorlarini va ijod maxsullarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishdan iborat.

2.2. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

– yoshlar huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ularning jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish ;

– yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik hissini  kamol toptirish ;

– ijodkor yoshlarni izlab topish,ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ;

-yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;

– ta’lim tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berishga erishish;

– yoshlarning korrupsiyaning salbiy oqibatlaridan xabardor etish va ushbu illatga nisbatan murosasizlikni vujudga keltirish.

III.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.

3.1. “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, ”Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovning xududiy bosqichlari Oliy va o‘rta maxsus ta’limning ichki buyrug‘i asosida xududiy boshqarmalar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy boshqarmalar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari xamkorligida o‘tkaziladi.

3.2. Tanlovda institutning (bakalavr) 1-5 kurs talabalari ishtirok etadi.

3.3. Tanlovni o‘tkazish muddatlari, joyi, taqdirlash bosqichlari hamda tanlov bilan bog‘liq boshqa turdagi tashkiliy-huquqiy masalalar bilan institut rektorining buyrug‘i asosida tuzilgan ishchi guruha shug‘ullanadi ;

Shuningdek,tanlovni o‘tkazishga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi (tanlov nizomi, bukletlar va boshqalar) ;

  • tanlovning institut bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimida barcha bosqichlarida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlarning ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
  • tanlovning respublika bosqichida maxalliy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlarning ko‘rgazmasi tashkil etiladi

IV.Tanlovni o‘tkazish bochqichi va muddatlari

4.1.“Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi.

Institut talabalari o‘rtasida joriy yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich – oktabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich – oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Yakuniy  bosqich – respublika bosqichi noyabr oyida o‘tkaziladi.

V.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

5.1. Tanlovning birinchi, ikkinchi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, olimlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar Hay’ati tuziladi.

5.2. Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar Hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir nominatsiya 1 nafar) mahalliy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning mahalliy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ( har bir tuman (shahar)dan nominatsiyalar bo‘yicha 1 nafardan) hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir nominatsiya bo‘yicha 1 nafar) respublika bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritadi.

5.3. Tanlovning yakuniy bosqichini tashkil etish va o‘tkazish Respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovning yakuniy to‘rtinchi bosqichi g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha hakamlar Hay’ati tuziladi. Xay’at tarkibiga soha bo‘yicha mutaxassisilar jalb etiladi.

VI.Hujjatlarni taqdim etish tartibi

6.1. Institut talaba – yoshlari o‘rtasida tanlovning institut  bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 1 nafardan ishtirokchilarning xujjatlari (hududiy tashkiliy qo‘mita bayonnomasi, g‘olib bo‘lgan ishtirokchining  ijodiy materiallari va 10*15 hajmdagi fotosurati (fotosuratning elektron nusxasi)  Respublika Tashkiliy qo‘mitasiga joriy yilning 5 noyabr kuniga qadar asl va elektron shaklda taqdim etiladi.

VII. Tanlovni baholash mezonlari

7.1. Tanlovga taqdim etiladigan plakatlar quyidagi mezonlarda baholanadi:

– mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball;

– plakat chizish mahorati, ranglardan to‘g‘ri foydalana olish, tasviriy san’at elementlari va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish qobiliyati – 20 ball;

– plakatdagi mantiqiylik, ishtirokchining dunyoqarashi, fikrlash doirasi va e’tiborni jalb qila olish xususiyati – 20 ball ;

– plakat mazmuni, uning yuqoridagi mavzular bo‘yicha qamrovi, unga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni aks ettirish darajasi – 20 ball ;

– plakatning o‘ziga xosligi, boshqa rasmlardan ajratib turadigan jihatlari – 20 ball.

Ijodiy ish 100 ballik tizim asosida baholanadi.

Taqdim etiladigan plakatlar hajmi A2 o‘lcham (format)dan kichik bo‘lmasligi lozim.

7.2. Tanlovning taqdim etiladigan eng yaxshi surat quyidagi mezonlarda baholanadi:

– mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball ;

– surat mazmuni, uning yuqoridagi mavzular bo‘yicha qamrovi, unga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni aks ettirish darajasi – 20 ball ;

– mavzuni yoritishda ranglardan foydalanganlik darajasi va ijodkorlarning yoshiga mos tanlovlari – 20 ball ;

– mavzuni yoritishda o‘ziga hos ijodkorlik hususiyatlari ifoda etilganligi – 20 ball ;

– mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanganligi – 20 ball ;

Ijodiy ish 100 ballik tizim asosida baholanadi.

Tanlovga taqdim etiladigan eng yaxshi surat A4 o‘lcham (format)dan kichik bo‘lmasligi lozim.

7.3. Tanlovga taqdim etiladigan “Eng yaxshi bayon” quyidagi mezonlar asosida baholanadi :

– “Eng yaxshi bayon”ning sarlavhasi – 25 ball ;

– “Eng yaxshi bayon”da mavzuni keng yoritilgani – 25 ball ;

– bugungi kunda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog‘liqligi – 25 ball ;

– matnda yuridik terminlarning foydalanganligi – 25 ball ;

“Eng yaxshi bayon” 100 ballik tizim asosida baholanadi.

“Eng yaxshi bayon” tanlov adabiy tilda yozilishi, shevaga xos so‘zlardan foydalanishdan cheklanish, 12 varaqli yozuv daftarda yozilishi ( daftarga institut rahbariyati tomonidan muhr quyidagi lozim va 10-15 varaqdan kam bo‘lmasligi lozim.

VIII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

8.1. Tanlovning institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alari, shuningdek faol ishtirok etgan yoshlar fahriy yorliqlar bilan munosib ravishda taqdirlanadi

8.2. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar (vazirlik tizimi bo‘yicha) va homiylar mablag‘lari asosida tegishli tartibda rag‘batlantiriladi.