Toshkent farmasevtika institutida “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan tadbir

03.10.2018, 17:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2719

Toshkent farmasevtika instituti,Toshkent vestminister universiteti hamda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti talabalari bilan birgalikda tadbir tashkil etildi. Tadbirga “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Bunyodbek Bahrombekov, Respublika yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash bosh mutaxassisi Feruza Abdurashidova, Toshkent shaxri yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi mutaxassisi Saidqulov Jaxongir va Toshkent vestminister universiteti hamda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti institut yetakchilari qatnashdilar.

     

Tadbirni O‘zbeksiton yoshlar ittifoqi Toshkent farmasevtika instituti yetakchisi Namozov Farruxjon ochib berdi hamda “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etilganligi haqida talabalarga ma’lumot berib o‘tdi. So‘ng “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi mutaxassisi Feruza Abdurashidovaga navbat berildi. Feruza Abdurashidova talabalarni tadbirkorlikga jalb qilish va o‘z biznes g‘oyalarini amalga tadbiq etish uchun kerak bo‘ladigan xujjatlar va imkoniyatlar haqida tushuncha berdi.

    

Toshkent shaxri yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi mutaxassisi Saidqulov Jaxongir Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan 5466-sonli qarori ostida tashkil etilgan “Yoshlar kelajagimiz” dasturi xaqida to‘xtalib, uni rivojlantirish faqat qog‘ozda emas amalda ham tadbiq etib yoshlarni unga jalb qilish, imtiyozli kreditlar, talabalarning o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun kerakli ma’lumotlar berib o‘tdi.

    

Respublika yosh tadbirkorlarni  qo‘llab quvvatlash bosh mutaxassisi Feruza Abdurashidova tadbirni talabalar bilan interaktiv tartibda olib bordi.Talabalar bilan suxbat davomida Respublikamizning 14 ta xududi bo‘yicha ishchi gurux tashkil etilgani va ular ichida eng  ko‘p gurux Samarqand viloyatida bo‘lganini aytdi.Samarqand viloyatida jami 1086 ta ishchi gurux bo‘ldi.Eng kam ishchi guruxini Sirdaryo viloyati 154 ta bilan egalladi. Ishchi gurux tuzish jarayoni xar bir viloyatda Fuqarolar yig‘ini ishtirokida tuzilganligi  aytib o‘tildi. O‘n to‘rtta xududni qo‘shib xisoblaganda Respublika miqyosida 8942 qatnashgani ma’lum bo‘ldi. Respublikamizdagi ishsiz yoshlarni umumiy soni 823291 ta, tadbirkorlikka qiziqadigan yoshlar soni esa 6744 ta ekanligi ishchi gurux tomonidan ma’lum qilindi hamda tadbir talabalar o‘rtasida savol javoblar bilan davom etdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova