“Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid”

25.09.2018, 17:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2473

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida tushuntirish ishlarini keng amalga   oshirish maqsadida 2018yil 25-sentabr kuni soat 15-00da institut faollar zalida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi.

     

Barchamizga ma’lumki, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun har bir insondan ogohlik va hushyorlikni, atrofimizda bo‘layotgan har bir o‘zgarishlarga faol fuqrolik pozitsiyasida turib munosabat bildirishni talab etmoqda. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar borki, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi.

     

Ana shunday illatlardan biri – korrupsiyadir. Bu illat jamiyatda demokratiya va huquq ustivorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarini buzulishiga olib keladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar havfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.

     

Shunday illatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Koorrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo‘lib, unda O‘zbekistonda korrupsiyasiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solgan. Mazkur o‘tkazilgan tadbirda ham mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qaror va farmonlarning mazmun – mohiyati, ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari xususida to‘xtalib, bu borada tegishli ma’lumotlarni taqdim etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qilichev  Hayot Odilovich, Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Podpolkovnik Isroilov Jahongir Shokirovich, Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining huquqbuzarlik profilaktikasini muvofiqlashtirish bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha katta podpolkovnik inspektor Zayniddinov Samariddin Baxriddinovich ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruzalar o‘qishdi. Tadbir hamkorlari: Toshkent farmasevtika instituti tomonidan, manfaatdor idoralar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizligi xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova