Missuri shtati Vashington shaxridagi Sent Luis universitetiga farmasevtika va tibbiyot yo’nalishlari bakalavr talabalari uchun o’qishga imkoniyat.

21.09.2018, 11:55 E'lonlar 2388

Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, (ma’lumotlar ilovada), Sent-Luis universiteti (SLU) rektori M.Vrayton va Tibbiyot maktabi dekani R.Vilmott bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari asosida – tibbiyot, farmasevtika va bioinjeneriya sohasidagi yetakchi Amerika universitetlari bilan ilmiy hamkorlik tashkil qilish rejalashtirildi.

-Amerika tomoni quyidagi takliflarni kiritildi:

-Vashingtondagi universitet va O‘zbekistondagi tegishli universitetlar o‘rtasida talabalar va tadqiqotchilar uchun almashinuv dasturlarini amalga oshirish ya’ni “3 +1” o‘qitish modeli (O‘zbekiston universitetida uch yillik va Sent-Luisda bir yil) o‘qitish,

-O‘zbek talabalari Vashington universitetida 10-hafta yozgi dasturlarida ishtirok etishi (tanlash natijasida);

  • Ingliz tilini mukammal biladigan bakalavr, magistratura va Toshkent farmasevtika instituti ilmiy xodimlari Vashingtondagi Sent-Luis Universiteti dasturlarida ishtirok etish uchun nomzodlar tanlab olinadi.

Ushbu imkoniyat to’g’risida batafsil ma’lumot 

Xalqaro aloqalar bo’limi