“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish”

15.09.2018, 11:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2134

2018-yil 13-sentabr kuni institut kichik faollar zalida kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul o‘qituvchilar, “Murabbiylar” kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchilari hamda Talabalar turar joyi mutasaddilari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda institut Murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi O‘.J.Yunusov, Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi N.E.Yusupova, Talabalar turar joyiga mas’ul mutasaddi B.Abduraxmonov hamda barcha kafedralarning ma’naviyatga mas’ulllari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida institut ma’naviy-ma’rifiy ishga mas’ul o‘qituvchilari yangi o‘quv yilida pedagoglar oldida turgan vazifalarni muhokama qildilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar oldidagi vazifalar, talabalarning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, shu bilan birga intitutning ichki tartib qoidalari bilan 1-kurs talabalarini tanishtirishga alohida to‘xtab o‘tildi.

     

Har bir kafedra professor-o‘qituvchilari va murabiylar tomonidan talabalar turar joyidagi barcha talabalar bilan yaqindan tanishib chiqilishi va ayniqsa 1-kurs talabalarini texnik vositalardan foydalanish, ichki-tartib intizom, turar joyini ozoda saqlash, do‘stlari bilan muomala madaniyati, o‘zaro hurmat hususida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish kerakligi haqida TTJ pedagog tarbiyachisi N. Yusupova to‘xtalib o‘tdi. Har bir kafedralarni TTJda biriktirilgan xonalar bilan tanishtirish, talabalar turar joyida kafedra kunlarini tashkil etish, o‘ziga biriktirilgan xonalarni doimo nazorat qilish, shu bilan birga kafedra murabbiylari o‘ziga biriktirilgan guruhlardagi talabalardan doim habardor bo‘lib turishlari kabi masalalar ham muhokama qilindi.

     

Talabalarni ta’lim olishida yanada qulaylik tug‘dirish maqsadida birinchi kurs kuratorlariga uch kun davomida o‘z guruhidagi talabalarni “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi”ga a’zo qilishi vazifasi yuklatildi.

Institut matbuot kotibi: N.L.Usmanova