Toshkent farmatsevtika institutiga Germaniyaning Gannover shahridagi Leybnits universitetiga qarashli Organik kimyo instituti professori doktor Xolder Butenshyon tashrifi.

13.09.2018, 17:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2646

Toshkent farmatsevtika institutiga joriy yilning 12-sentyabr kuni Germaniyaning Gannover shahridagi Leybnits universitetining Organik kimyo instituti professori doktor Xolder Butenshyon va uning rafiqasi tashrif buyurdilar. Tashrif davomida institutning faollar zalida tanishuv muzokaralari olib bordilar. Unda institut rektori professor I.I.Alimdjanov, innovatsiya va ilmiy ishlar prorektori N.S.Normaxamatov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i M.SH.Foziljonova, magistratura bo‘limi boshlig‘i SH.F.Iskandarova, ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i N.Farmonova, organik kimyo kafedrasi mudiri, prof. A.Karimov, organik kimyo kafedrasi professor o‘qituvchilari, dots.F.Djalilov, farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri X.Olimovlar ishtirok etdilar. Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi. Oliy ta’lim muassasalari orasida o‘zaro  ilmiy va texnikaviy hamkorlik qilish maqsadida kelishib olindi. Rektor tomonidan hamkorlik masalalari, ikki tomonlama diplom olish va kafedra, fakultet filiallarini ochish masalalari o‘rtaga tashlandi. Uchrashuvlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlik masalalariga ham alohida to‘xtaldi. Mazkur sohalardagi istiqbolli loyihalarga germaniyalik mutaxassislar o‘z qiziqishlarini bildirib, bu borada yordam ko‘rsatishlarini aytib o‘tdilar. Institut faoliyati bilan tanishib, farmatsevtika sohasida ikkitomonlama hamkorlik – ilmiy tadqiqot, Toshkent farmatsevtika instituti va Leybnits universitetining organik kimyo instituti o‘rtasida professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi kabi masalalar yuzasidan kelishib oldilar.

     

Ilk munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida institutimizning 80 yilligiga oid ingliz tilidagi almanax jurnali sovg‘a qilindi. Ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish rejasi ham o‘rtaga tashlandi. Mehmonlar bilan esdalik uchun suratlarga tushildi. So‘ngra institutning organik kimyo kafedrasi o‘quv xonalariga tashrif buyurib dars jarayonlarida ishtirok etdilar.

     

Tashrif chog‘ida Institut qoshidagi DVSIM ilmiy laboratoriyasi bilan tanishib, ulardagi zamonaviy tahlil usullari, toksikologik va mikrobiologik laboratoriyalar zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangani hamda ilmiy ishlar olib borish uchun barcha shart sharoitlar yetarli ekanini aytib o‘tdilar.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra, kelishuvlar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun “Yo‘l xaritasi” tayyorlanmoqda.

Xalqaro bo’lim