TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTIDA YANGI 2018-2019 O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

10.09.2018, 16:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3241

O‘quv uslubiy ishlar bo‘yicha

  1. 2018-2019 o‘quv yili uchun Toshkent farmatsevtika institutining 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun ilg‘or horijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi hamda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning takliflari asosida o‘quv rejalar va ta’lim dasturlari qayta ko‘rib chiqildi. Fanlar hajmi, mazmun-mohiyati bo‘yicha muvofiqlashtirildi. Ishlab chiqilgan o‘quv rejalariga horijiy mutaxassislar tomonidan (Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston) ijobiy taqrizlarga erishildi.
  2. Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va ta’minlash, dori vositalarini sertifikatsiya va standartlashtirish hamda dori vositalarini sifat menejmentini amalga tadbiq etish maqsadida «Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti» nomli yangi kafedra tashkil etildi.
  3. Ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadida mutaxassislik kafedralarini 14 ta ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, davlat tasarrufidagi dorixonalar bilan shartnomalar tuzildi va o‘quv-amaliyot jarayonlari tashkil qilindi.
  4. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bakalavr va magistratura talabalarining malakaviy amaliyoti haqida nizom ishlab chiqildi.
  5. Mutaxassislik fanlarida dars jarayonlari sikl ko‘rinishida tashkil etildi.
  6. Talabalarda ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilishini qondirish maqsadida sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi bitiruvchi kurslarda ohirgi semestr malakaviy amaliyot uchun ajratilib, bitiruv malakaviy ishlarning bajarilishi va himoyasi rejalashtirildi.
  7. Talabalarning mustaqil ishlari portfoliosi va baholash mezonlari qayta ishlab chiqildi.
  8. 2018-yil 23-27 iyul kunlari institut pedagog-xodimlarining malakasini oshirish maqsadida M.Sechenov nomidagi Moskva Davlat Birinchi tibbiyot universitetining “Sanoat farmatsiyasi” kafedrasi dotsenti, Halqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIP) a’zosi, GMP (Good manufacture practices – Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti) texnologiyalari va ularni amaliyotga tadbiqi bo‘yicha etakchi mutaxassis Andrey Petrovich Meshkovskiyning “GMP qoidalari va dorilar registratsiyasi” mavzusida katta ilmiy seminar tashkil etildi.
  9. 2018-yil 15-17 avgust kunlari AQSH, Wyoming Universiteti doktoranti Dilnoza Xosilova “Development of active and interactive training programs and how to write publication, defining the scholarships of teaching and learning mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.
  10. Institut pedagog xodimlaridan 8 nafari “Iste’dod” fondi orqali Rossiya va Angliya davlatlarida malaka oshirish kurslariga jalb qilindi.
  11. Chet tilida dars jarayoni samamaradorligini oshirish maqsadida 1 nafar pedagog AQSH ning VEBSTER universitetiga magistraturaga yuborildi.
  12. Talabalarning o‘qishga qiziquvchanligini oshirish maqsadida “Dori-darmon”a/j, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi stipendiatlari tashkil qilindi

Xalqaro aloqalar bo‘yicha

  1. Xorijiy OTM va ITI bilan shartnomalar imzolash ishlari olib borilmoqda. Xozirda 25 ta OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan shartnomalarga ega.
  2. O‘quv jarayoniga 32 nafar xorijiy pedagoglar va mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, ularning ish rejasi ishlab chiqildi.
  3. 20 nafar pedagog xodimlarimizni xorijiy malaka oshirish rejalari ishlab chiqildi.
  4. Xorijiy yoshlarni o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha institut web sayti boyitildi.
  5. 8 nafar olimlarimiz institutga targ‘ibot ishlarini yurgizish maqsadida xorijiy safarlarga chiqdilar.

Ilmiy ishlar bo‘yicha

  1. Institutda professor-o‘qituvchilar, doktorant va talabalar uchun Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha “Maslahat markazi” tashkil etildi.
  2. Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish va ilmiy maqolalarni yuqori Impakt-faktorga ega jurnallarda chop etishga tayyorlash bo‘yicha tavsiyanoma tayyorlandi, xodimlar o‘rtasida o‘quv seminarlari tashkil etildi.
  3. Institut saytida xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazalariga (Elsevier, Scopus va ScienceDirect) a’zo bo‘lgan kafedralar ro‘yxati joylashtirildi, xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha chora -tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
  4. Institut saytida “Ilm-fan 2020” – web sahifasi yaratildi.
  5. Talabalar ilmiy jamiyati faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha har bir kafedrada amaliy ishlar tashkil q
  6. Har bir bosqichda iqtidorli talabalar guruhlari shakllantirildi, bularga har bir kafedrada alohida dasturlar ishlab chiqildi.
  7. Joriy yil davomida 6 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi amalga oshirildi. Innovatsion va ilmiy-amaliy grantlarning soni 3 dan 11 taga yetkazildi, shu jumladan 1 ta xalqaro grant olishga erishildi. Hindiston “BanuPharm” ishlab chiqarish va malaka oshirish markazi bilan shartnoma tuzilib, institutimiz magistratura bitiruvchilarining ikki tomonlama diplom olishiga imkoniyat yaratildi.

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha

  1. “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi ishlab chiqildi.
  2. Barcha bosqich guruhlariga saralash yo‘li orqali murabbiylar tayinlandi.
  3. Birinchi kursga qabul qilingan har bir talabaga ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kompakt diskda yozilgan birinchi kursda o‘qitiladigan har bir fanning uslubiy majuasi, o‘quv dasturi, dasturga kiritilgan asosiy adabiyotlarning elektron shakli (nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha), institut fakultetlari va kafedralar tarkibi (kafedralarda o‘qitiladigan fanlar ko‘rsatilgan holda) kabi tarqatma materiallar tayyorlanib taqdim etildi. Tarqatilgan materiallardan 1-kurs maktabi tadbiri va “Mustaqillik darslari”da keng foydalanildi.
  4. Talabalar turar joyi ta’mirdan chiqarildi.
  5. Institut faoliyatini aks ettiruvchi bukletlar, videoroliklar tayyorlandi.

Moddiy texnik bazani takomillashtirish bo‘yicha.

  1. O‘quv jarayonida multimediya uskunalaridan keng foydalanishni tashkil etish maqsadida institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan jami 278,0 mln. so‘mga 26 dan ortiq axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari (kompyuterlar, noutbuklar, printerlar, veb kameralar va boshq.) va 22 ta eng yuqori dyuymli, zamonaviy LED SMART TV lar xarid qilindi.
  2. O‘quv-laboratoriya xonalarini eng zamonaviy laborator asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida jami 309,0 mln. so‘mga 21 nomdagi asbob uskunalar xarid qilindi.
  3. Laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanish uchun kerakli miqdorda reaktiv, reagentlar xarid qilindi.
  4. 1240,0 kv.metr maydonga ega o‘quv-laborator xonalarida joriy ta’mirlash ishlari yakullandi. Jami ta’mirlash ishlariga jami 300,0 mln.so‘mdan ortiq byudjetdan tashqari mablag‘lar sarflandi.
  5. Institutning kirish darvoza qismi yangilandi.

     

    

  1. Asosiy binoga kirish qismi qayta ta’mirdan chiqarildi.

     

  1. Katta faollar zali qayta ta’mirdan chiqarildi.