Toshkent farmatsevtika institutida Qurbon xayitiga tayyorgarlik ko‘rish maqasadida umumxalq xashari tashkil etildi.

18.08.2018, 13:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2727

O‘zbekiston Ekologik xarakati xamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xamkorligida 2018-yil avgust oyida mamlakatimizning barcha xududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi, 18-19 avgust kunlari umumxalq xasharini tashkil etish hamda qurbon xayitini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

     

    

     

     

     

Mazkur reja asosida 18-19 avgust kunlari Toshkent farmatsevtika instituti xududida umumxalq xashar kunlari tashkil etildi. Umumxalq xashariga institutda faoliyat yuritayotgan kafedralardagi professor-o‘qituvchilari xamda bo‘limlardagi xodimlar jalb etildi.

     

     

     

     

     

Xasharchilar kichik guruxlarga ajratilib, xar bir gurux uchun aloxida xududlar belgilab berildi. Xasharchilar tomonidan binolar ichida va institut xovlisida tozalash va obodonlashtirish ishlari o‘tkazildi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida to‘plangan chiqindilar belgilangan joylarga olib ketilishi ta’minlandi.