AQSHning Wyoming shtati universiteti bilan hamkorlikdagi ilmiy seminar

15.08.2018, 18:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2729

Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil 20-apreldagi №PQ- 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etgan holda amaliy ishlar olib bormoqda.

    

2018-yilning 15-17 avgust kunlari Toshkent farmatsevtika institutida xalqaro bo‘limi va Tillar kafedrasi tashabbusi bilan AQSHning Wyoming shtati universiteti PhD doktoranti Dilnoza Xosilova ishtirokida “Development of active and interactive training programs and now to writing for publication” mavzusida xalqaro seminar treninglar o‘tkazilmoqda. Ushbu seminarda ilmiy maqolani yozish va ilmiy izlanishlarning natijalarini yozma bayon etishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, ilmiy ish uchun zarur adabiyotlarni to‘plash, ularni tahlil etish, hamkorlikda ishlash pedagogikasi mavzulari yoritib berilmoqda. Seminarda jonli, aniq dalillar va ma’lumotlardan foydalanilmoqda. Ushbu halqaro seminarda Toshkent farmatsevtika instituti, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, PhD doktorantlar va talabalar ishtirok etishdi. Seminar so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.