Toshkent farmatsevtika institutida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan suhbat bo‘lib o‘tdi.

14.08.2018, 16:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2747

     

     

2018-yil 14-avgust kuni Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 5A320406 – Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi, 5A510501 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya, 5A510502 – Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish, 5A510602 – Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi va 5A510603 – Dorilarning sanoat texnologiyasi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha abitureintlarning ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan suhbat bo‘lib o‘tdi.

     

     

Suhba jarayonini shaffofligini ta’minlash uchun Mirobod tumani 5-farovon saylov okrugidan deputat Xakimov G‘ulomjon G‘ofurovich va 9-Baynalminal saylov okrugidan deputat Sagatov Ibroxim Raufovich, shuningdek, Mirobod tuman prokurorining katta yordmachisi, 3-darajali yurist Maqsudov Azizbek Amrillayevichlar ishtirok etdilar. Bundan tashqari magistratura abiturientlarining suhbat jarayonini maxsus ovozli kameralar yordamida yozib olish hamda jarayon shaffofligini ta’minlash ishlari amalga oshirildi.