Novosibirsk shahrida bo’lib o’tadigan “Texnoprom 2018” VI Texnologik rivojlanish xalqaro forumi

11.08.2018, 15:33 E'lonlar 2740

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi axboroti bo‘yicha Novosibirsk viloyati gubernatori v.v.b. A.Travenkoning murojaatini inobatga olib, Novosibirsk shahrida 2018-yil 27-30 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Texnoprom 2018” VI Texnologik rivojlanish xalqaro forumida ishtirok etishga taklif etamiz.

Ma’lumot: Texnologik rivojlanish xalqaro forum – “Texnoprom 2018” Rossiya Federatsiyasi Xukumatining xomiyligida o‘tkaziladi. Asosiy maqsad yuqori texnologiyalar sohasida olimlar, investorlar, tijoratchilar, rivojlanish institutlari, ekspertlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarini raxbarlarining o‘zaro munosabatlarining yangicha hamkorligini yaratish hisoblanadi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun 2018-yil 25-avgustgacha ro‘yxatdan o‘tish lozimligini ma’lum qilamiz.

Xalqaro forum dasturi batafsil tanishing.