Toshkent farmatsevtika institutida AQSH Wyoming shtati Universtiteti bilan hamkorlikda xalqaro seminar-trening

10.08.2018, 12:43 E'lonlar 2717

2018-yil 15-17 avgust kunlari Toshkent farmatsevtika institutida AQSH Wyoming shtati Universtiteti bilan hamkorlikda xalqaro seminar-trening bo’lib o’tadi. Ushbu seminarda AQSH Wyoming shtati Universtiteti PhD doktaranti Dilnoza Xosilova o’zining ilmiy-tadqiqot natijalari yuzasida treninglar o’tkazadi. Xalqaro seminar-treningda institut professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistratura talabalari hamda barcha qiziquvchilar qatnashishlari mumkin. Seminar Xalqaro bo’limi hamda Tillar kaferdrasi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.